Ko'p so'raladigan savollar
Eng muhim savollarga javoblar
Qabul jarayoni bir necha bosqichdan iborat: universitet tanlash, hujjatlar tayyorlash, online ariza berish, kutish va natijalarni olish. Biz har bir bosqichda sizga yordam beramiz.
Odatda Koreya universitetlarida ikki mahal qabul bo'ladi: mart va sentyabr oylari. Ariza topshirish odatda 3-4 oy oldin boshlanadi.
Agar barcha hujjatlar to'g'ri tayyorlangan bo'lsa, talabalar vizasi (D-2) olish odatda muammosiz kechadi. Biz sizga hujjatlar to'plamini to'g'ri tayyorlashda yordam beramiz.
Visa jarayoni odatda 2-4 hafta davom etadi. Lekin ta'til kunlari va yuqori yuklama davrlarida bu muddat uzayishi mumkin.
Asosiy hujjatlar: pasport, diplom/attestat va tarjimasi, til sertifikati (TOPIK/IELTS), moliyaviy kafolat, sog'liqni tasdiqlash va boshqalar. To'liq ro'yxat universitet talablariga bog'liq.
Ha, barcha hujjatlar koreys yoki ingliz tillariga tarjima qilinishi va notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Soulda oylik yashash xarajatlari taxminan $800-1200 orasida, boshqa shaharlarda esa $600-900. Bu uy-joy, ovqat, transport va boshqa xarajatlarni o'z ichiga oladi.
Ha, talabalar haftasiga 20 soatgacha ishlash huquqiga ega. Tatil paytida bu chegara 40 soatgacha oshadi.
Koreys tilida o'qish uchun odatda TOPIK 3-4 darajasi talab qilinadi. Ingliz tilida o'qish uchun IELTS yoki TOEFL kerak bo'ladi.
Ha, bir qancha grant dasturlari mavjud: KGSP (Korean Government Scholarship Program), universitet grantlari va boshqalar. Biz sizga mos grantni topishda yordam beramiz.
Javob topa olmadingizmi?
Biz bilan bog'laning, sizga yordam beramiz!